» Maqomlar kechasi

Maqomlar kechasi

Vaqti : 08-05-2019   /   ---   /   ko`rilgan: 89
Hurmatli prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017 yil 17_ noyabrda tasdiqlangan PQ3391_ sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 9_may hotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan ,2019-yil 6-may kuni Shahrisabz tumani 17-son bolalar musiqa va san'at maktabida maqom kechasi bo'lib o'tdi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 17-noyabrdagi PQ_3391 sonli qarorlarida, O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish to'g'risida xalqimiz madaniy me'rosini  ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, be'takror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy xayotimizda aloxida muxim o'rin egallaydi Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, moxir bastakorlar, xofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan  sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqiyosida katta shuxrat va e'tibor qozongan.Maqom san'atining gultoji bo'lgan "Shashmaqom" Yunesko tomanidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani xamda uning Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig'idir.Hozirgi kunda Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli, xududlarida maqom jamoalari, Uzbekiston davlat konservatoriyasida shu yo'nalishda maxsus kafedra fa'oliyat ko'rsatayotgani, soxaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini qayd etish lozim.Jumladan Shahrisabz shahrida 2018-yildan boshlab xar ikki yilda bir marta xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazilishi belgilandi. Bu ham bizning milliy maqom san'atimizga bo'lgan eng katta e'tibordir. Shu bois Shahrisabz tuman 17-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ilk bor, maqom kechasi keng qamrovda o'tkazildi.Maqom kechasida ishtirok etgan mexmonlarimizdan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Elyurt hurmati ordeni sohibi Elmurod Boymurodov so'zga chiqib maqom xaqida uz fikrlarini bildirdi.Bu maqom anjumanida 1_2_16_18_20_son bolalar musiqa va san'at maktab raxbarlari hamda o'quvchilarning ota_onalari tashrif buyurishdilar.

Kalendar

«    Сентябрь 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Saytimiz sizga yoqdimi?

Оцените работу движка